Avstraliyalik olimlar qora sedana koronavirusga qarshi samarali ekanligini aniqlashdi

қора седана | Qora sedana | ALHADAYA

Modelli tadqiqotlar natijasida Nigella Sativa tarkibidagi timoxinon ingrediyenti SARS-CoV-2 virusini to‘sib, uning o‘pka infeksiyasini chaqirishiga yo‘l qo‘ymasligi aniqlangan.

Sidney texnologiya universiteti olimlari (University of Technology Sydney, UTS) COVID-19‘dan davolashda Nigella Sativa (qora sedana) o‘simligidan foydalanishni taklif qilmoqda, deyiladi UTS xabarida.

Qayd etilishicha, qora sedana urug‘idan asrlar davomida ko‘plab kasalliklar, jumladan, shamollash va infeksiyalarga qarshi kurashda foydalanib kelingan.

Olimlarning maʼlumot berishicha, modelli tadqiqotlar natijasida Nigella Sativa (qora sedana) tarkibidagi timoxinon ingrediyenti SARS-CoV-2 virusini to‘sib, uning o‘pka infeksiyasini chaqirishiga yo‘l qo‘ymasligi aniqlangan.

timoxinon laboratoriyalarda, xususan, hayvonlarda keng o‘rganilgan. Maʼlum bo‘lishicha, bu modda immun tizimiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. 

Nigella Sativa (qora sedana) shuningdek, laboratoriya sharoitida tilla stafilokokk kabi bakteriya va gripp virusini ham yo‘qotishda samarali ekanligini ko‘rsatgan.

Manba: kun.uz

Instagram || Telegram || Youtube || TikTok

Leave a Comment